Murojaat uchun 8(366) 239-16-33

FIZIKAVIY-KIMYO ILMIY  MAKTABI

Samarqand davlat universitetida Fizikaviy-kimyo ilmiy maktabining  tamal toshi 1933 yilda fizikaviy kimyo orestovkafedrasining ochilishi va uni boshqargan  prof. N.A.Kolosovskiy tomonidan qo‘yilgan. Fizik-kimyogarlar maktabini har tomonlama shakllanishida  kafedraga turli  yillarda  mudirlik  qilgan  dots. V.N.Orestov,  prof. P.A.Trofimenko va dots. I.A.Orestovlarning xizmatlari katta.

 Ikkinchi jahon  urushidan  keyin 1963 yilda qayta tashkil etilgan  kafedrani professor  V.I.Yezdakov boshqardi. Bu davrga  kelib professor V.I.Yezdakov va professor Stepanovlar  boshchiligida kafedra huzurida  biogeokimyo bo‘yicha ilmiy-tadqiqot labaratoriyasi  tashkil etildi. Uning faoliyati yuqori  malakali fizik- ezdanov kimyogar  mutaxasassisliklar tayyorlash va xalq  xo‘jaligining turli muammolarini yechishga  qaratildi. Ushbu ishlarning  natijasi o‘laroq  fizik-kimyogarlarning qaldirg‘ochlari bo‘lgan L.D.Yablochkina va L.A.Kaladinskayalar hamda  Moskva   Davlat Universitetiga maqsadli o‘qishga yuborilib, uni muvaffaqiyatli tugatgan,  keyin esa  maqsadli  aspiranturaga yuborilgan A.M.Qurbonov (Ilmiy rahbar prof. V.I.Gorshkov) 02.00.04-Fizik kimyo ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik  dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli yoqlashdi. Universitet fizik- kimyogarlarning 1975 yildan keyingi faoliyati  professor V.I.Yezdakovning Rossiyaning Lipesk davlat pedagogika  institutiga ishga ketganidan keyin  fizikaviy kimyo kafedrasi mudirligiga saylangan dotsent R.N.Qutfitdinov nomi bilan bog‘langan. Bu davrga kelib,  fizik-kimyogarlar jamoasining R.N.Qutfitdinov rahbarligida olib borilgan  ijobiy qutfitdinovilmiy –tadqiqotlarning natijalari o‘sha davrda  nomzodlik ishlarini yoqlagan S.A.Shirova, Z.G.Usmonova, A.Xojiyevalarning dissertatsiyalarida,  200 dan ziyod  ilmiy  maqolalar va 10 ga yaqin patentlarda  o‘z aksini topgan. Maktab vakillari o‘zlarining ilmiy natijalari bilan  qator Xalqaro, sobiq  Ittifoq va Respublika ahamiyatidagi ilmiy  anjumanlarida chiqishlar qilib, Samarqand fizik-kimyogarlarining ishlarini ilmiy jamoatchilikka  tanishtirishda salmoqli hissa qo‘shishdi. Bu davrga kelib, fosforitni fosfat va sulfat kislotalari bilan ekstraksiya qilish jarayonida hosil bỹladigan qoldiq suv va fosfogips qoldiqlarini hamda boshqa mahalliy korxonalardan hosil bỹladigan chiqindilarni qayta ishlash bỹyicha muayyan ishlar olib borildi va natijada Camarqand kimyo korxonasida  ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish jarayonida hosil bỹladigan aylanma suvni elektrodializ usulida tozalab, uni ishlab chiqarish jarayoniga qaytarish usuli ishlab chiqildi. Shu bilan bir qatorda chiqindi fosfogipsdan oqlovchi qurilish materiallari, shpaklyovka, qurilish pastalari, shuvash uchun eritmalar, deraza oynasiga zamazka, kislotaga chidamli zamazka, issiklik izolyatsion materiallar, yỹl kỹrsatgich materiallari hamda  yuvish vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Yuqorida qayd etilgan  ishlar davom ettirilishi bilan  bir qatorda dotsent S.M.Vasinaning (1987-2000 yillar) kafedra vasinamudirligiga saylanishi hamda k.f.n V.V.Abramovaning kafedra jamoasiga qo‘shilishi elektrokimyoviy jarayonlarni tekshirish, ularning analitik kimyoda qo‘llanilishiga doir ilmiy-tadqiqotlar yo‘nalishining ochilishiga asos bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda dots.A.M.Qurbonov tomonidan boshlangan ion almashinish jarayonlarining fizik-kimyosini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlar k.f.n. H.T.Trobovning (ilmiy rahbari MDU professori I.V.Gorshkov) kafedraga ishga qabul qilinganidan keyin yana davom ettirildi.

2000 yilda fizik kimyo kafedrasining mudirligiga preparativ xromatografiyaning asoschisi prof. K.I.Sakodinskiyning shogirdi dotsent N.Q.Muhamadiyevning saylanishi xromatografik jarayonlar fizik kimyosi bo‘yichamuxamadiev ilmiy  tadqiqotlarni shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi. Kafedraga k.f.n. dots. Q.F.Xalilovning (Ilmiy rahbar prof. K.I.Sakodinskiy) jalb etiliganidan so‘ng va ayniqsa uning kafedraga mudirlik qilish davrida (2011-2016) bu borada olib borilayotgan ishlar yanada rivojlantirildi.

2000 yildan  buyon  fizik-kimyogarlar maktabiga professor N.Q. Muhamadiyev rahbarlik qilib kelmoqda. Bugungi kunga kelib o‘zlarini haqli ravishda Samarqand davlat Universitetida shakllangan fizik-kimyogarlar maktabining davomchilari deb hisoblagan Fizikaviy  kimyo kafedrasining ilmiy-pedagogik  jamoasi fundamental va amaliy  sohalarning quyidagi yo‘nalishlarida  ilmiy-tadqiqotlarni  olib borishmoqda:

  • Xromatografik jarayonlar fizik kimyosi;
  • Organik birikmalarni katalitik qayta ishlash;
  • Mahalliy xom-ashyo va chiqindilardan foydalanishining fizik-kimyoviy va ekologik asoslari;
  • Ion almashinish jarayonlarining fizik-kimyosi.
  • Kimyoviy  reaksiyalar borishini kvant-kimyoviy asoslash va matematik modellash;
  • Patologik jarayonlar diagnostikasida xromatografik usullarning qo‘llanilishi.

xalilovBajarilgan ishlari samarasi o‘laroq 2009 yilda Sh.M.Sayitqulov, 2011 yilda O.O.Fayzullayev 02.00.04-Fizik kimyo ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik, 2012 yilda N.Q.Muhamadiyev 02.00.04-Fizik kimyo ixtisosligi bo‘yicha, 2016 yilda esa N.I.Fayzullayev  02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.

2016 yildan  boshlab kimyo fanlari doktori  Abduvali Jonuzoqovich Xoliqovning jamoaga qo‘shilishi  kafedrada  yangi ilmiy mavzu – “Korroziya jarayonlarining fizik kimyoviy asoslari” ga doir ishlarni yo‘lga qo‘yilishiga olib keldi va bu boradagi dastlabki ilmiy natijalar olinmoqda.

Fizik-kimyogarlar maktabining ilmiy-tadqiqotlar natijasida gaz va ion xromatografiyasida ushlanish kattaliklarining mono- va poliparametrik empirik va yarimempirik modellarga asoslangan ajralish jarayonlarini maqbullashtirish va moddalar ushlanish kattaliklarini bashoratlash va identifikatsiyalashning fizik-kimyoviy asoslari ishlab chiqilgan. Murakkab tarkibli aralashmalar ajralishini modellashtirish, maqbullashtirish, sorbatlar ushlanish kattaliklarini bashoratlash va identifikatsiyalashning algoritmlari tuzilgan. Kolonkada ushlanish va ajralish jarayoni kattaliklarini baholashda kvant-kimyoviy yondashuv amalga oshirilgan. Gaz xromatografiyasida 2-amino-6-metilpirimidinon-4 xiral birikmalarni ajratish uchun turg‘un selektiv faza sifatida taklif etilgan. Murakkab tarkibli aralashmalarning ajralish jarayonini maqbullashtirishda global usuldan foydalanish tadbiq qilingan. Ushlanish kattaliklari, mono- va poliparametrik empirik va yarimempirik modellar bo‘yicha ma’lumotlar banki tuzilgan. Shu bilan bir qatorda gaz va ion xromatografiyasida mono- va poliparametrik empirik va yarim empirik modellarning ajralish jarayonlarini maqbullashtirish, moddalarning ushlanish kattaliklarini bashoratlash va identifikatsiyalashning dasturiy ta’minoti yaratilgan. Xromatografiya usulida turli sistemalardagi termodinamik muvozanatlar o‘rganilgan. Har xil namunalardagi komponentlarning sifat va miqdorini tezkor aniqlash usullari yaratilgan. Ishlab chiqilgan uslubiyatlar turli sintetik va tabiiy ob’ektlar monitoringida hamda ba’zi kasalliklar diagnostikasida qo‘llanilgan.

Ilk bor metanni katalitik oksikondensatlash, aromatlash, atsetilennigidroxlorlash,  gidratlash, atsetillash jarayonlari uchun yangi tarkibdagi yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo‘lgan, kokslanishni kamaytirishi bilan harakterlanadigan katalizatorlar tarkibi va texnologiyasi hamda katalizatorlarni regeneratsiya qilishning diffuzion matematik modeli yaratilgan. Differensial reaktor sharoitida qayd etilgan reaksiyalarning kinetik qonuniyatlari o‘rganilgan, jarayonlar borishining maqbul sharoiti aniqlangan, borish mexanizmlari taklif etilgan va jarayonlarni ifodalaydigan kinetik tenglamalar tanlanib, ularning adekvatligi baholangan. Metanni katalitik oksikondensatlash, aromatlash, atsetilenni gidratlash, gidroxlorlash, atsetillash reaksiyalarining borishi termodinamik jihatdan asoslangan. Metanni katalitik oksikondensatlash, aromatlash, atsetilenni gidroxlorlash, gidratlash, atsetillash reaksiyalari uchun jarayonlarning turli sharoitlarda o‘tishida unumni, konversiyani va selektivlikni hisoblashga imkon beradigan ideal siqib chiqaruvchi reaktorning matematik modeli yaratilgan. Etilen, suyuq yoqilg‘i, atseton, vinilxlorid va vinilatsetat sintezining texnologik parametrlari ishlab chiqilgan hamda ushbu jarayonlar va katalizatorlar «Navoiyazot»AJda yarim-sanoat qurilmasida sinovdan o‘tkazilgan. Yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo‘lgan katalizatorlarning texnikaviy shartlari ishlab chiqilgan va davlat reestriga kiritilgan (Ts -16909155-02:2013,Ts -16909155-03:2013, Ts -16909155-04:2013, Ts -16909155-05:2013).

“C2-uglevodorodlari sintezi uchun katalizator olish usuli” (N1 NDR 96-002621. N4314, 1996 y) va «Nitrillar sintezi uchun katalizator olish usuli» (№ 3927 NDR 9501118.1, 28.06.1996y) ixtirolariga O‘zbekiston Respublikasining patentlari olingan.

Ilmiy tadiqotlar natijasida maktab vakillari tomonidan 3 ta monografiya,  2000 dan ziyod ilmiy ishlar turli xalqaro nufuzli (Chromatographia, Biophys J., Clinical Chemistry, International Journal of Chemical and Physical Sciences, International Journal of Engineering Sciences & Research Technology, International Journal of Medicine & Health Research, International Journal of Medical and Health Research, Fizicheskaya ximiya, Xromatografiya, Nefteximiya, Ximicheskaya promishlennost va boshqa)   va mahalliy jurnallar (O‘zbekiston Respublikasi FA ma’ruzalari, Tabiiy birikmalar kimyosi O‘zbekiston kimyo jurnali va h.z.), ilmiy to‘plamlar va anjumanlar materiallarida chop etilgan.

Ilmiy maktab vakillari o‘zlarining ilmiy natijalar bilan Xromatografik o‘lchashlarning metrologik aspektlari bo‘yicha III xalqaro anjumanda (Signaxi,1990); “Gaz xromatografiya nazariyasi va amaliyoti” butunittifoq konferensiyada (Gorkiy, 1990); “Ekologik toza xududlar yaratish konsepsiyasi” butunittifoq konferensiyada (Volgograd,1991); “Matematik usullar kimyoda” butunittifoq konferensiyada (Kazan, 1991); "Atrof muhit ob’ektlari analizada xromatografiya va mass-spektrometriya" xalqaro simpoziumda (Leningrad, 1994); Analitik kimyo bo‘yicha xalqaro simpoziumda (Toshkent, 1995); “Kimyoning metodologik va amaliy muammolari” xalqaro konferensiyada  (Samarqand, 1997); Umumiy va amaliy kimyo bo‘yicha XVI va XIX Mendeleev s’ezdlarida (Moskva,1998; Volgograd, 2011); AQSH kimyogarlarining milliy anjumanlarida: ACS 214(Las Vegas, 1997), 221 (San Diego,2001), 222 (Chicago, 2001), 223 (Orlando, 2002), 224 (Boston, 2002), 225 (Orleans, 2003), 234 (Boston, 2007); PITTCON 2000 (New Orleans, LA, 2000); 2001 (New Orleans, LA, 2001); 2002 (New Orleans, LA, 2002); 2003 (Orlando, FL 2003); 2004 (Chicago, IL, 2004); 2005 (Orlando, FL, 2005); 2006 ((Orlando, FL, 2006); 2007 (Chicago, IL, 2007); 2009 (Chicago, IL, 2009) konferensiyalarida; organik kimyo bo‘yicha AQSH milliy simpoziumida (San Antonio,Texas, USA, 1997); Adsorbsiya va xromatografiya bo‘yicha II  va III G‘arbiy Ukraina simpoziumlarida (Lvov, 2000,2003); “Analitik kimyoning dolzarb muammolari” butunrossiya konferensiyasida (Moskva, 2002); Suyuq fazada yuqori samarali ajratish bo‘yicha 26-chi xalqaro simpoziumda (Montrael, Canada, 2002); Xromatografiya bo‘yicha 24-chi xalqaro simpoziumda (Leipzig, Germany, 2002); Tabiiy birikmalar bo‘yicha 5-chi xalqaro simpoziumda (Toshkent, 2003); XV Lomonosov o‘qishida (Moskva, 2003); Xromatografik ajralish jarayonlari bo‘yicha xalqaro simpoziumda (Washington, 2002); Xromatografik jarayonlar bo‘yicha 16-chi xalqaro simpoziumda (San Francisco, 2003); Organik kimyo bo‘yicha 15-chi xalqaro IUPAC konferensiyasida (Nagoya, Japan, 2004); Turkiyaning XVII milliy kongressida (Kars, Turkey, 2004); "RDCA-01" xalqaro konferensiyada (Sebha, Libya, 2006); farmatsevtika va biomeditsina analizi bo‘yicha 19-chi xalqaro simpoziumda (Gdansk, Poland, 2008); AQSH biofiziklar jamiyatiining 53-chi yillik konferensiyasida (Boston, 2009); AASS2010 xalqaro simpoziumda (AQSH, San-Fransisko, 2010); “Sintez va kompleks hosil bo‘lish muvaffaqiyatlari” butunrossiya ilmiy konferensiyasida (Moskva, 2011; Peterburg, 2014; Suzdal 2014); Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda (Toshkent, 2001,2008,2014, 2015,2016; Qarshi, 2005; Samarqand, 2006,2009,2012,2015; Namangan, 2007,2015,2017; Andijon, 2008,2015; Termiz, 2010,2014,2016,2017; Navoi, 2011,2015,2016,2017) ishtirok etishib, ma’ruzalar qilishgan va ularning olgan natijalari ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan.

Kafedrada olib borilayotgan  ilmiy –pedagogik ishlarning samarasi sifatida   professor N.Q. Muhamadiyev muallifligida 5140500-Kimyo yo‘nalishigiga 5A140501-Kimyo (Fizik kimyo) magistrlari uchun  mo‘ljallangan  “Kimyoviy birikmalar tuzilishi va xossalarini matematik modellash” (Toshkent: Cho‘lpon, 2016)  o‘quv qo‘llanmasi va N.I.Fayzullayev  va N.Q.Muhamadiyevlar muallifligida 5140500-Kimyo talim  yo‘nalishi bakalavrlari uchun  mo‘ljallangan “Kolloid kimyo”  darsligini (Toshkent: Sano Standart, 2016) ko‘rsatish mumkin . Undan tashqari  N.Q.Muhamadiyev ham muallifligida tayyorlanib chop etilgan “Oziq-ovqat kimyosi” (Samarqand: SamDU, 2002) va Ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish asoslari (Toshkent:Ta’lim nashriyoti, Iqtisod-moliya,2009) darsliklari , “Fizikaviy va kolloid kimyodan amaliy mashg‘ulotlar” (Samarqand: SamDU, 2000), Respublika tanlovida II-o‘rin bilan taqdirlangan “Analitik kimyodan amaliy mashg‘ulotlar” (Toshkent: Yangi avlod, 2006)  o‘quv qo‘llanmalari,   N.I.Fayzullayevning “Organik kimyo” (Toshkent: Navruz, 2017) o‘quv qo‘llanmalari va 100 dan ortiq o‘quv–uslubiy qo‘llanmalar va  tavsiyalarni  kiritish mumkin.

Ilmiy maktab vakili professor N.Q.Muhamadiyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining Kimyo va farmatsevtika fanlari bo‘yicha ekspertlar kengashi va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi fan doktori  ilmiy darajasini beruvchi 16.07.2013.K.01.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 02.00.04–Fizikaviy kimyo ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar hamda Samarqand davlat universiteti “Ilmiy axborotnoma” si tahririyatining a’zosi sifatida Respublika uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Bugungi kunda ilmiy maktab vakillari xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilib, professor N.Q.Muhamadiyev va t.f.d., dotsent N.I.Fayzullayevlar Nyu-York fanlar akademiyasining faol a’zolari, professor N.Q.Muhamadiyev AQSH biofiziklar jamiyati va Rossiya xromatografistlar assotsiatsiyasining a’zosi, CRDF (AQSH) fondi grantining 2 marta (1997, 2001) va PBA halqaro tashkiloti grantining (2008) sohibi bo‘lgan.

N.I.Fayzullayev 1995 yilda 31/95 raqamli davlat grantini qo‘lga kiritdi, 1997 yilda Aspirantlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi tanlovida g‘olib chiqib «Energetika, resurslar, sanoat» yo‘nalishi bo‘yicha  Prezident Davlat stipendiati bo‘ldi.

         Fizik-kimyogarlar maktabining ajralmas qismi bo‘lgan talabalarning ilmiy to‘garagida amalga oshirilayotgan ishlar ham diqqatga sazovordir. To‘garak a’zolari  o‘zlarining ilmiy  ishlari bilan nafaqat  Respublika miqyosidagi taqdim etilgan va chop ettirilgan balki  nufuzli  xalqaro  ilmiy  ASS(AQSH), Pittcon(AQSH), har yili Moskva va  Novosibirsk Universitetlarida o‘tkaziladigan talabalar va yosh olimlarning xalqaro  konferensiyalarida qator yillardan buyon ishtirok etib kelishmoqda. Ularning maqolalari turli nufuzli jurnallarga chop etilgan. To‘garak azolaridan  Respublika olimpiadalarda ishtirok etib,  faxrli o‘rinlarni egallaganlari (Kimyo yo‘nalishi bo‘yicha Q.F.Xalilov rahbarligida A.Eshonqulov - 2016 yil I o‘rin, Kimyoviy texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha N.I.Fayzullayev raxbarligida Muhamadiyev Abduqodir – 2010 yil III o‘rin, Rizayev Orzimurod – 2011 yil II o‘rin, Rustamov Jahongir - 2013 yil II o‘rin, Anvarov Tohir – 2015 yil II o‘rin) talaygina. Ularning ko‘pchiligi magistratura va undan keyin bosqichlarda ta’lim olishib, oliy ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, o‘rta maktablar tizimida va xalq xo‘jaligining turli sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishmoqda.

Kafedra ilmiy-pedagogik jamoasining faoliyati  davlat va xalqaro grantlar bo‘yicha ishlar bajarish bilan ham uzviy bog‘langan. 2012-2014 yillarda bajarilgan O‘zbekiston hududida ỹsadigan dorivor ỹsimliklar tarkibida yod miqdorini aniqlash” mavzusidagi ITD-12-64 raqamli (prof.N.Q.Muhamadiyev) hamda 2012-2014 yillarda bajarilgan “Aerozol zarrachalarida yorug‘likning ekstinksiyasini, sochilishini va yutilishini ỹlchash uchun rezonatorda sỹnish lazer absorbsion spektrometrini yaratish va ishlab chiqish” mavzusidagi ITD-7-12 raqamli (A.Xolmonov) davlat grantlari,  2012-2014 yillar esa “Markaziy Osiyoda toksik moddalarning qỹllanilishini stabil boshqarish: Atrof muhit xavfsizligi uchun regional ekosistemaning modeli” mavzusidagi SfP-983931 raqamli xalqaro NATO granti (A.Xolmonov) bajarildi. Bugungi kunda 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan Efir moyli o‘simliklardan efir moylarini ajratish  texnologiyasini  maqbullashtirish va ularning qo‘llanilish imkoniyatlarini baholash” mavzusidagi A-12-25 raqamli (rahbari prof.N.K.Muhamadiyev), 2017-2018 yillarga bajarilishi mo‘ljallangan «Mahalliy xom ashyolar asosida «Zol-gel» texnologiya usulida sorbentlar olish va ularning xromatografiyada qo‘llanilishi» mavzusidagi OT-A12-45 raqamli (Sh.M.Sayitqulov), «Mahalliy xom-ashyolar asosida metanni oksikondensatlash reaksiyasi uchun katalizatorlar yaratish, tadqiq etish va jarayonni maqbullashtirish» mavzusidagi OT-A12-46 raqamli (t.f.d., dots.N.I.Fayzullayev) amaliy, 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan «Xromatografik jarayonlarni modellash, maqbullash va «Ushlanish kattaliklari-xossalari» o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganish va ularni nanoxromatografiyada qo‘llanilishi» mavzusidagi OT-F7-83 raqamli (prof.N.Q.Muhamadiyev) va «Aminometilenfosfat kislotasi asosidagi alifatik va geterotsiklik metallar korroziyasi ingibitorlarining sintezi va fizitk-kimyoviy xossalari» mavzusidagi OT-F7-85 raqamli (k.f.d. A.J.Xoliqov) fundamental davlat  grantilari bajarilmoqda. Grantlarni bajarishga kafedra professor-o‘qituvchilaridan dots. Xalilov Q.F., ass.Muhamadiyev A.N. va ass.Fazliyeva N.I., ass.Ro‘ziyev I.X., ass. Tagirova M.A., ass. Saidov A.Sh. magistrlar,  talabalar va texnik xodimlar jalb  etilgan. Shu bilan bir qatorda kafedrada katta ilmiy xodim-izlanuvchi instituti, 2017 yildan boshlab doktoranturada ochilgan bo‘lib, unda ilmiy maktabning vakillaridan k.f.n. Sh.M.Sayitqulov va dots.H.T.Trobovlar kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini va iqtidorli yoshlardan A.Sh.Saidov, N.T.Fazliyeva, I.H.Ro‘ziyev, A.N.Muhamadiyevlar kimyo fanlari bo‘yicha Falsafa  doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqotlar olib borishmoqda.

Kafedra o‘zining ilmiy ishlanmalari bilan Respublikada ỹtkazilib kelinayotgan qator innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar yarmarkalarida ishtirok etib kelmoqda.

Ilmiy maktab nafaqat Respublika balki, AQSH, Rossiya, Qozog‘iston, Olmoniya, Italiya, Isroil kabi xorijiy davlatlarning ỹquv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini ỹrnatgan.

Bugungi kunga kelib fizik-kimyogarlar maktabi o‘z mavqeini har tomonlama  mustahkamlab, yakdil jamoa sifatida O‘zbekiston Respublikasi uchun zarur bo‘lgan  nazariy va amaliy ilmiy-fundamental tadqiqotlarni samarali davom ettirmoqda, xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda faol ishtirok etmoqda. 

 

 

 

 

Kafedra haqida

Samarqand davlat universiteti, Fizikikaviy kimyo kafedrasi

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Kimyo bo'limi, 4-qavat, 429-xona

Tel: +998979185450

Top

Samarqand davlat universiteti web sayti http://www.samdu.uz