Murojaat uchun 8(366) 239-16-33

Muhammadiyev Nurali Qurbonaliyevich

Samarqand davlat universiteti fizikaviy kimyo kafedrasining mudiri                                                                                                                                                 muxamadiyev 1

Tug‘ilgan yili: 1955 yil 18 fevral

Tug‘ilgan joyi: Samarqand viloyati, Urgut tumani

Millati: O‘zbek

Ma’lumoti: Oliy

Tamomlagan: 1976 yil, Samarqand Davlat Universiteti (kunduzgi)                                                                

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Kimyogar

Ilmiy darajalari: kimyo fanlari nomzodi (1987), kimyo fanlari doktori (2013)

Ilmiy unvonlari: dotsent (1994), professor (2016)

Qaysi chet tillarini biladi: Rus, nemis tillari

MEHNAT FAOLIYATI

1971-1976 yy. Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti talabasi

1976-1976 yy. Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi preparatori

1976-1985 yy. Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi katta laboranti

1985-1986 yy. Samarqand davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi assistenti

1986-1987 yy. Samarqand davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi katta laboranti

1987-1993 yy. Samarqand davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi assistenti

1993-1996 yy. Samarqand davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi dotsenti

1996-1997 yy. Samarqand davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi mudiri

1997-2000 yy. Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi dotsenti

2000-2011 yy. Samarqand davlat universiteti fizkimyo va kimyoviy ekologiya kafedrasi mudiri

2011-2016 yy. Samarqand davlat universiteti fizkaviy kimyo kafedrasi professori

25.11.2016 y. dan Samarqand davlat universiteti fizkaviy kimyo kafedrasi mudiri

Ilmiy qiziqishlari: Xromatografik jarayonlarning fizik-kimyosi, xromatografiyada ajralish va identifikatsiya usullari, ajralish jarayonlarini modellash va maqbulashtirish, oziq-ovqat kimyosi, patologik jarayonlar kimyosi, kompter kimyosi, informatsion texnologiya yutiqlarini ilmiy va o‘quv jarayoniga tadbiq etish, kimyoviy senergetika.

Chop etilgan asosiy ilmiy-uslubiy ishlari: 300 ta ish e’lon qilgan, shulardan 1 ta monografiya, 3 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 238 ta  ilmiy ishlar, ta 25 ilmiy-uslubiy ishlar, 17 ta o‘quv-uslubiy tavsiyalar, 4 ta davlat reystridan o‘tgan tashkilot standartlari.

          Chop etilgan darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari

  1. Fayzullayev O.F., Ro‘ziyev E.R., Quvvatov A.Q., Muhamadiyev N.Q. Analitik kimyodan amaliy mashg‘ulotlar (o‘quv qo‘llanma). - Toshkent: Yangi avlod.­- 2006. – 480 b. (Respublika tanlovida II darajali diplom bilan taqdirlangan).
  2. Xudoyshukurov T., Muhamadiyev N.Q., Mo’minov N., Shukurov I. Ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish asoslari (darslik). - Toshkent: Ta’lim nashriyoti, Iqtisod- moliya, 2009.- 356 b.
  3. Muhamadiyev N.Q., Ergashev I.M. Fizikaviy va kolloid kimyodan amaliy mashg‘ulotlar (o‘quv qo‘llanma). - Samarqand:SamDU.-2000.-132 b.
  4. Xudayshukurov T.A., Muhamadiyev N.Q., Karimov M.,  Sa’dinov X., Muminov N. Oziq-ovqat kimyosi (darslik). - Samarqand:SamDU.-2002.-174 b.
  5. Fayzullayev N.I., Muhamadiev N.Q. Kolloid kimyo (5140500 – Kimyo bakalavri ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik). – Toshkent: Sano-standart, 2016. – 384 b.
  6. Muhamadiev N.Q. Kimyoviy birikmalar tuzilishi va xossalarini matematik modellash (5140500 – Kimyo bakalavri ta’lim yo‘nalishi talabalari va 5A140501- Fizik kimyo ixtisosligi bo‘yicha magistrantlar uchun o’quv qo’llanma).  - Toshkent: Cho’lpon, 2016. – 264 b.

 

          Mualliflik guvohnomalari:

 

Davlat grantlari va ho‘jalik shartnomalardagi ishtiroki: 2012-2014 yillarda bajarilgan “O‘zbekiston respublikasida o‘sadigan dorivor o‘simliklar tarkibidagi yod miqdorini o‘rganish” mavzusidagi ITD-12-64, 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan “Efir moyli o‘simliklardan efir moylarini ajratish texnologiyasini maqbullashtirish va ularning qo‘llanilish imkoniyatlarini baholash” mavzusidagi A-12-25 davlat grantlarining rahbari.

CRDF (AQSH) fondi grantining 2 marta (1997, 2001) va PBA halqaro tashkiloti grantining (2008) sohibi.

Boshqa ijodiy yutuqlari: O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining Kimyo va farmatsevtika fanlari bo‘yicha ekspert kengashining va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 16.07.2013.K.01.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 02.00.04– Fizikaviy kimyo ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar a’zosi.

Nyu-York fanlar akademiyasining faol a’zosi, AQSH biofiziklar jamiyatining va Rossiya xromatografistlar assotsiatsiyasining a’zosi. Samarqand davlat universiteti “Ilmiy axborotnoma” si tahririyatining a’zosi.

Kafedra haqida

Samarqand davlat universiteti, Fizikikaviy kimyo kafedrasi

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Kimyo bo'limi, 4-qavat, 429-xona

Tel: +998979185450

Top

Samarqand davlat universiteti web sayti http://www.samdu.uz